«Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali Andijon shahar bo‘limi mansabdorlari 839 mln so‘mlik, «Sharof Rashidov tumangaz» korxonasi mansabdolari esa 93 mln so‘mlik gaz hisoblash uskunalarini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
«Hududgazta’minot» kompaniyasining tushuntirishicha, markaziy issiqlik ta’minotiga ulangan 11,5 ming ko‘p qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish qarori xonadonlarga hisobdonlarning o‘rnatilishi noqulayligi va tabiiy gazdan kam foydalanadigan fuqarolarning murojaatlari asosida qabul qilingan.
O‘zbekistonda iste’molchilar uchun «aqlli» gaz hisoblagichlarini o‘rnatish sentabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Dastlab buni 2021 yil 1 avgustgacha bajarish rejalashtirilgan edi, muddatlar bir necha bor ortga surildi. Xususiy uylarning 97,7 foizida hisoblagichlar o‘rnatilgan, kvartiralarning atigi 53 foizga qamrab olingan.
Toshkentda yil oxirigacha 629,4 mingdan ziyod gaz iste’molchilariga «aqlli» gaz hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonning barcha hududlarida tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni 2021 yil 1 avgustga qadar yakuniga yetkazish topshirildi. Uskunalar «Texnopark» kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi.
Andijondagi xonadonlardan birida «Texnopark» kompaniyasining aqlli gaz hisoblagichi portladi. «Hududgazta’minot» portlashga hisoblagich ichida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting